Devona
Hamma narsasidan ayrilgan chempion va marhum ayolining yuragi bilan yashayotgan qiz.
- Format
- Serial
- Yil
- 2025
- Qismlar
- 39
- Rejissyor
- Begzod Joniyev
Syujet
Bokschi, chempion Anvar boshidan qattiq zarba olgach sportdan ketadi. Ayoli Shirinning og‘ir kasalligini bilib, pul evaziga ko‘cha janglariga chiqishga majbur bo‘ladi.
Baxtsiz hodisada o‘g‘li va ayoli Anvarning ko‘z o‘ngida avtohalokatda halok bo‘ladi. Buni ko‘tara olmagan Anvar esini yo‘qotadi va ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtiriladi.
Yillar o‘tib u sog‘ayib chiqadi va Zarinani uchratadi. Zarina uni ko‘rishi bilan sevib qoladi: unga Anvarning marhum ayolining yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan edi. Zarinaning sobiq eri esa uni qaytarmoqchi.