Nomus

Majburiy nikoh, chimildiqdagi sir va bir shart: vaqti kelib ular ajrashadi.

Format
Serial
Yil
2023
Qismlar
323
Rejissyor
Begzod Joniyev
Rollarda
Dadaxon Obidov, Vazira Yunusova, Muyassar Berdikulova, Sherzod Pirmatov, Dildora Zakirova, Abbos Ibragimov

Syujet

Voqealar Alisher atrofida kechadi. Ota-onasi uni majburan jiyani Gulnoraga uylantiradi va Alisher sevgan qizidan voz kechadi. Ammo hammasi chappasiga ketadi: Gulnora to‘ydan oldin nomusini boy bergan edi.

Alisher buni chimildiqda bilib, ikki o‘t orasida qoladi. Haqiqatni aytolmaydi, chunki og‘ir xasta otasi buni ko‘tara olmaydi. Aytmasa, bir umr bu sir bilan yashay olmaydi. Alisher Gulnoraning nomusini oqlaydi, lekin bir shart bilan: vaqti kelib ular baribir ajrashadi.

Endi Gulnoraning maqsadi bitta: nima qilib bo‘lsa ham shu xonadonda Alisherning rafiqasi bo‘lib qolish. Alisher esa sevgan qiziga umid beradi. Qarama-qarshiliklar shu yerdan kuchayib boradi.

Tomosha qilish