Qirmizi xonadon
Qirmizi xonadondagi katta meros uchun aka-uka qoni to‘kilgan oilaviy drama.
- Format
- Serial
- Yil
- 2023
- Qismlar
- 191
- Rejissyor
- Shuxrat Salomov
Syujet
Voqealar bugungi kunda kechadi. Saltanat aya shaharning ko‘zga ko‘ringan badavlat ayoli. Uning katta xonadoni qirmizi rangda bo‘lgani uchun serial shunday nomlangan.
Kenja o‘g‘li Salim yillar avval akasi Sobirning o‘limida ayblanib, ota-onasi tomonidan oq qilingan. Otasi o‘g‘lining birodarkushligini ko‘tara olmay vafot etgan. Xonadondagilar shubha qilganidek, Sobirning o‘limida Salimning qo‘li bor edi: u akasini do‘sti Shuhrat orqali o‘ldirtirgan.
Serial boshida Salim Sobirning o‘g‘li Anvarni ham avariyada o‘ldiradi. Maqsad bitta: qirmizi xonadondagi katta merosning yolg‘iz egasi bo‘lish. Lekin Saltanat ayaning rejalari butunlay boshqacha edi.