Zaynab bilan qoling begim

O‘limini kutgan Kumush erini Zaynabga uylantiradi va keyin sog‘aya boshlaydi.

Format
Serial
Yil
2022
Qismlar
111
Rejissyor
Begzod Joniyev

Syujet

Saraton kasalligini bilib qolgan Kumush o‘limdan emas, jondan suygan eri Otabekning yolg‘iz qolishidan qo‘rqardi. O‘limi oldidan u Otabekni majburlab Zaynabga uylantiradi.

Boshida hammasi yaxshi edi, ammo Kumush sog‘aya boshlaydi. U qilgan ishidan afsuslanib Zaynabni uydan haydamoqchi bo‘lganida, Otabekni allaqachon sevib qolgan Zaynab ketishni istamaydi.